Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada Pepper robotlaridan mingtasi bir daqiqa ichida sotildi
Pepper rusumlarining birinchi partiyasi Yaponiyada bir daqiqa ichida sotilib ketdi. Kompaniya saytida ma'lum qilinishicha, partiya ming dona mahsulotdan iborat bo‘lgan.
Buyurtma qabul qilish va yetkazib berish ishlari bilan Softbank shug‘ullangan.
Aldebaran Robotics SAS tomonidan ishlab chiqilgan Pepper robotlari gapira oladi, suhbat qura oladi, odamning yuz ifodasidan kayfiyatini bilib, shunga qarab muomala qila oladi, bundan tashqari, oddiy topshiriqlarni bajara va uy ishlarini qila oladi.
Robotning narxi 213 840 iyena (1.8 ming dollar). Dasturiy ta'minot va xizmat ko‘rsatish bilan robotning xarajatlari yiliga 956 448 iyenaga (8 ming dollar) tushadi.