Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 23:00 / 21.06.2015
2996
1 daqiqa o‘qiladi
2017 yilgi Chempionlar Ligasi finali Kardiffda o‘tkaziladi
Uels poytaxti Kardiffda joylashgan “Millenium” stadioni 2016/2017 mavsum Chempionlar Ligasining finalini qabul qiladi. Bu haqda Britaniyaning Sky Sports telekanali xabar berdi.
29 iyun kuni UYeFA ijroiya qo‘mitasining Pragadagi yig‘ilishida bu borada rasmiy ma'lumot beriladi.
Chempionlar Ligasining hal qiluvchi o‘yiniga ushbu stadion birinchi marta mehmonlik qiladi. 2011 yildan buyon Buyuk Britaniyada musobaqa finali uchinchi marta o‘tkazilishi – Londondagi “Uembli” stadioni 2011 va 2013 yilgi finallarni qabul qilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish