Jahon | 10:26 / 21.06.2015
2703
1 daqiqa o‘qiladi

Anjyelina Joli Turkiyadagi suriyalik qochqinlar lageriga tashrif buyurdi

Gollivudlik aktrisa Anjyelina Joli Turkiyaning janubi-sharqiy qismida joylashgan suriyalik qochqinlar lageriga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Qayd etilishicha, aktrisa Mardin shahrida o‘zining Shaylo ismli qizi bilan ko‘rinish bergan.
BMT ma'lumotlariga ko‘ra, ayni damda Turkiyada Suriyadan eng ko‘p qochqin – deyarli 1,6 mln kishi joylashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish