Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:56 / 21.06.2015
2561
1 daqiqa o‘qiladi
«Charlstonlik mergan» o‘zining saytini Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazgani aniqlandi
AQShning Charlston shahridagi cherkovlardan birida 9 kishini otib tashlagan AQSh fuqarosi Dilan Ruf “Rodeziyaning oxirgi vakili” nomli o‘z saytini Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Chicago Sun-Times nashri xabar bermoqda.
Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, Ruf Rossiyadagi servislardan birining xizmatlaridan shaxsiy ma'lumotlarni yashirish maqsadida foydalangan.
Avvalroq qotil o‘zining saytida u sodir etgan qotillikning sababini izohlab beruvchi hujjatni chop etgani ma'lum bo‘lgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish