Jamiyat | 12:07 / 21.06.2015
1855
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda voleybol bo‘yicha Jahon ligasi uchrashuviga ayollar kiritilmadi

Eron xavfsizlik xizmati erkaklar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Jahon ligasining Eron va AQSh o‘rtasidagi uchrashuviga ayol tomoshabinlarni qo‘ymadi. Bunda uchrashuvga nafaqat mahalliy muxlisalar, balki jurnalist ayollar ham qo‘yilmadi.
Eron hukumati yaqinda ayollarning sport tadbirlariga tashrif buyurish qoidalarini biroz yumshatgan edi, biroq ko‘rinishicha ular nufuzli diniy guruhlar bosimi ostida ushbu qoidalarni yana kuchaytirishga qaror qilishgan ko‘rinadi.
Uchrashuv Eron termasining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish