Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Arktikada qiruvchi samolyotlar joylashtirmoqchi
Rossiya yaqin orada Shimoliy muz okeanidagi orollarda qiruvchi aviatsiya joylashtirishni rejalashtirmoqda. Hozirda u yerda yangi radialokatsion stansiyalar joylashtirilmoqda. Bu haqda Rossiya havo hujumiga qarshi havo-koinot mudofaasi qo‘mondoni o‘rinbosari Kirill Makarov ma'lum qildi.
“Biz Rossiya Arktikada o‘z kuchini oshirayotgani haqida gapirmoqdamiz. Qurolli kuchlar ham bu borada chetda qolmayapti. Bugungi kunda Shimoliy muz okeanidagi orollarda “Pantsir” zenita raketa-to‘p majmualari kabi yangi qurol vositalari, yangi radialokatsion stansiyalar joylashtirilmoqda, yaqinda qiruvchi aviatsiya olib kelinadi”, deb aytmoqda Makarov.