Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 17:51 / 21.06.2015
2244
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda talaba qizlar o‘rtasida futbol chempionati o‘tkaziladi
22-28 iyun kunlari Toshkentda oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarining talaba qizlari o‘rtasida futbol chempionati o‘tkaziladi. Unda, shuningdek, xorijiy oliygohlarning Toshkentdagi filialining jamoalari ham ishtirok etadi.
Tadbir tashkilotchilari ayollar futboli, ayollar mini-futboli va plyaj futboli federatsiyasidir.
Musobaqaning finali 28 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish