Jahon | 17:21 / 21.06.2015
2844
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainaga Britaniyadan 55ta zirhli mashina kelgani aytildi

Ukraina armiyasi Buyuk Britaniyadan yordam tariqasida 55 dona Saxon zirhli mashinalarini oldi. Bu haqda prezidentining maslahatchisi Yuriy Biryukov Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i orqali xabar berdi.
“55ta zirhli mashina Britaniyadan Ukrainaga yetib keldi va hozirlikda harbiy qismlardan birida turibdi”, – degan xabar qoldirdi u o‘z sahifasida.
Ta'kidlanishicha, mashinalar maxsus operatsiyalarga moslashtirilish uchun qayta ishlanadi. Jumladan, ulardan 20tasi tibbiy evakuatsiya mashinalariga, 35tasi shtab mashinalariga aylantiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish