Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maradona FIFA prezidentligi uchun saylovda o‘z nomzodi bilan qatnashadi
O‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri Diyego Armando Maradona FIFA prezidentligi uchun o‘tkaziladigan navbatdan tashqari saylovda ishtirok etadi. Bu haqda ukrainalik jurnalist Viktor Morales xabar bergan.
"Diyego islohotlarni istaydi. U FIFA tizimidagi poraxo‘rlikka qarshi kurashish uchun tashkilot prezidentligi saylovida qatnashishga qaror qildi. U o‘z mavqaeidan foydalangan holda FIFAdagi bu holatga chek qo‘yish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishi mumkin", deb yozadi Morales.
Eslatib o‘tamiz, tashkilotning amaldagi prezidenti Yozef Blatter 2 iyun kuni o‘z lavozimini tark etishi haqida ma'lum qilgach, tashkilotning yangi rahbarini aniqlash uchun navbatdan tashqari saylov o‘tkazilishi e'lon qilingandi.
Bu saylov shu yilning 16 dekabrida o‘tkazilishi aytilgan. Aniq sana 20 iyul kuni FIFAning navbatdan tashqari majlisidan keyin ma'lum qilinadi.
Shu vaqtgacha, Ziko va Iordaniya shahzodasi Ali ibn Al-Husayn saylovda qatnashishlari haqida rasman ma'lum qilishgan.