Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Xotira va motam kuni nishonlanmoqda
22 iyun Rossiyada Xotira va motam kuni deb e'lon qilingan bo‘lib, Ikkinchi jahon urushi boshlanishining rasmiy xotira sanasi qilib belgilangan. Ushbu kun 1992 yilda Rossiya Oliy kengashi prezidiumi qarori bilan Vatan himoyachilari xotirasi kuni sifatida ta'sis etilgan. 1996 yilda Rossiya prezidenti qarori bilan Xotira va motam kuni deb qayta nomlangan.
2009 yildan beri ushbu kunda urush qurbonlari yodga olinib, butun Rossiya bo‘ylab shamlar yoqiladi. Shamlar 21 iyun kuni hamda 22 iyun kuni soat ertalabki 4.00 da yoqiladi. Aynan shu kuni fashist Germaniyasi Sobiq ittifoqqa urush e'lon qilmasdan hujum boshlagan.