Jahon | 14:22 / 22.06.2015
2782
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada nanokapsulalar yordamida saratonni davolash usuli yaratildi

Professor Kadzunori Kataoka boshchiligidagi Tokio universiteti olimlari guruhi maxsus kimyoviy modda to‘ldirilgan mikroskopik nanokapsulalar vositasida saraton kasalligini davolash usulini yaratishdi. TASS agentligining guruh a'zolariga bergan ma'lumotlarga tayangan holda yozishicha, tajribalar davomida ushbu usul kerakli ijobiy natijalarni bergan.
Tajriba davomida saraton o‘simtalariga ega sichqonlarga 55 nanometr diametrga ega kapsulalar emlangan. Uning ichida 64 atom vazniga ega gadoliniy moddasi bor edi. tadqiqotchilar ishlab chiqqan texnologiya kapsulalarni saratonga chalingan hujayralarga yo‘naltirish imkoniyatini berdi. Neyron nurlanishi natijasida gadoliniy zaif radiatsiyani keltirib chiqaradi, bu esa sog‘lom to‘qimalarga zarar keltirmagan holda saratonni yo‘q qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish