Yaroslavlda “Kauchuk” o‘yingohida futbol mashg‘uloti paytida 10 yoshli bola halok bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv boshlandi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Bola tibbiy yordam kelguncha halok bo‘lgan. Voqea joyida bola o‘limining aniq tafsilotlarini o‘rnatishi kerak bo‘lgan tergovchilar va kriminalistlar ishlamoqda.