Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bokudagi o‘yinlarga bag‘ishlangan dunyoning eng katta shokoladi shirintomoqlarning hujumlariga uchramoqda
Dunyodagi eng katta shokoladli kartina ko‘pgina shirinlikxo‘rlarning ishtahasini ochib yubormoqda, buning natijasida ayrimlar qorovulning ko‘zini shamg‘alat qilib, shokoladdan totib ko‘rishga intilmoqda. Bu haqda shokolad ko‘rgazmasi tashkilotchisi Andrey Leyn TASS muxbiriga aytib berdi.
Shokoladli kartina Bokuda bo‘lib o‘tadigan Yevropa o‘yinlariga bag‘ishlangan bo‘lib, shahardagi muzeylardan birida saqlanmoqda.
Nikolya shokolad ko‘rgazmasi Bokuda o‘yinlarning boshlanishiga yarim oy qolganda ochildi. Unga allaqachon 15 ming kishi tashrif etib ulgurdi. Ko‘rgazmaning asosiy boyligi 215 kg li shokoladli kartina bo‘ldi. U tabiiy o‘lchovga ega 25 shokoladli anorlar bilan bezalgan. Dunyodagi eng katta ushbu shokoladli kartina ijodkorlari Ginness rekordlari kitobiga kiritish uchun ariza berdi.
Kartina oldida muxlislar ko‘p to‘planmoqda, ulardan ba'zilar shokoladdan totib ko‘rishga harakat qilmoqda.
Dastlab ko‘rgazma Yevropa o‘yinlarining ochilishidan bir kun oldin yopilishi ko‘zda tutilgan edi. Lekin, muxlislarning qiziqishini e'tiborga olgan holda, ko‘rgazma yozning oxirigacha ishlashi haqida qaror qilindi.
Yevropa o‘yinlari 28 iyunda yakuniga yetadi.