Jahon | 08:06 / 23.06.2015
9132
2 daqiqa o‘qiladi

Die Welt: AQSh Putinni yadroviy qurol bilan qo‘rqitmoqchi

AQSh Yevropada yadroviy jangovor zaryadlarni joylashtirish haqidagi muzokaralarni qayta boshlashi bilan Rossiya va Vladimir Putinni qo‘rqitishga harakat qilmoqda, deb yozmoqda Die Welt nashri.

Vashington Yevropada bu qurol turining joylashtirilishi masalasini ko‘tarib, Rossiyaning yadroviy qurol-aslahalarni modernizatsiyalash haqidagi e'loniga javob bermoqda, deb taxmin qilmoqda nashr.

Nashr Germaniya hukumati uchun bu mavzudagi bahs-munozaraning o‘zi ham xavfli ekanligini ta'kidlamoqda. “Bu Rossiya bilan to‘qnashuvni kamaytirishga qaratilgan Angela Merkelning strategiyasiga zarba bo‘ladi”, deb yozadi gazeta.

Nashrning yozishicha, Vashington o‘zining bu tashabbusini e'lon qilishdan oldin, Germaniya o‘z hududidagi Reynland-Pfalts yerlarida qolgan AQSh yadroviy qurolidan batamom xoli bo‘lish masalasini ko‘rayotgan edi. Germaniyada yangi yadroviy zardyalarning joylashtirilishi “aholi o‘rtasida ixtiloflarga” olib kelishi mumkin.

Die Welt bu bahsli taklifga javobgarlikni shaxsan Pentagon rahbari Eshton Karter zimmasiga yuklamoqda.

Germaniyaning yana bir nashri Der Spiegel Yevropada yadroviy zardyalarning joylashtirilishi ehtimoli bo‘yicha Berlinning jiddiy xavotirlanishi aytilgan maqola chop etdi. “Bu g‘arb dunyosini beqarorlashtirib, uni parchalab yuborishi mumkin”, deb yozilmoqda nashrda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish