Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlyandiya maxsus xizmatlari birinchi marta Rossiyani josuslikda aybladi
Finlyandiya xavfsizlik xizmati birinchi marta Rossiya maxsus xizmatlarini josuslikda ayblab, ular tomonidan mamlakatda razvedka faoliyati oshganini ma'lum qildi. Bu haqda Yle xabar bermoqda.
Finlyandiya maxsus xizmatlari rossiyalik razvedkachilar Rossiyaga Qrim qo‘shib olingandan keyin faollashganini qayd etmoqda. Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, razvedka yuqori texnologiyalarning rivojlanishi masalalari, Yevropa Ittifoqining NATOdagi faoliyati hamda Arktika va Boltiq dengizidagi tabiiy resurslarga alohida qiziqish bildirmoqda.
Shvetsiya politsiyasi tomonidan chop etilgan xavfsizlik hisobotida rossiyalik razvedkachilar Finlyandiyada zarur ma'lumotlarni diplomatik niqob ostida yig‘ayotgani qayd etilgan.