Sport | 07:39 / 23.06.2015
12118
1 daqiqa o‘qiladi

«Futbol sharhi» O‘FFdan Qosimovning iste'fosini so‘radi

22 iyun kuni "Sport" kanali orqali efirga uzatilayotgan "Futbol sharhi" ko‘rsatuvida O‘zbekiston futbol federatsiyasidan milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning iste'foga chiqarilishi so‘raldi.

"Terma jamoaning ketma-ket 4ta bahsdagi salbiy natijasi uchun kimdir javob berishi kerak. Terma jamoa Janubiy Koreya bilan durang o‘ynadi, Yaponiyaga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Eron va KXDR bilan uchrashuvlarda nursiz o‘yin qayd etildi. O‘zbekiston futbol federatsiyasi Mirjalol Qosimovni iste'foga chiqarishi kerak, nazarimizda. Shu orqali yurtimizdagi futbol muhitida o‘zgarish yuz beradi", degan mazmunda fikr bildirdi "Futbol sharhi" muallifi Zafar Imomxo‘jayev, deb yozadi std.uz nashri.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish