O‘zbekiston | 18:10 / 23.06.2015
1531
1 daqiqa o‘qiladi

Gollandiyada Amir Temurga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tadi

Gollandiyada Amir Temurga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekistonda bo‘lgan Leyden universiteti ilmiy xodimi Yelena Paskalyova “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Yaqinda universitetimiz O‘rta Osiyo bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha grant yutib oldi. Grant doirasida 2016 yili Leydenda ilmiy konferensiya o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz, – ta'kidlab o‘tdi olima. – Konferentsiya sarkarda va davlat arbobi Amir Temur merosiga bag‘ishlanadi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad Yevropa va jahon hamjamiyatini O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyati bilan tanishtirishdir. Unda Yevropa, Osiyo va Amerika mamlakatlari olimlari va ekspertlari ishtirok etadi. Men O‘zbekistonga tashrif buyurib, bu yerdagi hamkasblarimizni forumga taklif qilish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqchiman”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish