Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Heinz kompaniyasi noma'qul saytga QR-havola bergani uchun uzr so‘radi
AQShning oziq-ovqat bilan shug‘ullanuvchi H.J. Heinz Co kompaniyasi xaridorlar oldida ketchup upakovkalaridagi behayo saytga havola beruvchi QR-kod uchun kechirim so‘radi, deb yozmoqda Independent nashri.
Ushbu holat bilan bog‘liq mojaro Daniel Korell ismli germaniyalik xaridor tushlik paytida o‘zining brendini yaratish bo‘yicha aksiya tafsilotlarini bilish umidida kodni ochib, behayo saytga tushib qolgani va bundan juda taajjublanganidan keyin avj oldi.
Aktsiya haqidagi ma'lumotlarni olish mumkin bo‘lgan havola 2012 yildan 2014 yilgacha Heinz`ga tegishli bo‘lgan, biroq 2015 yildan unga egalik qilish huquqi boshqasiga o‘tgan.
Heinz o‘z mijozlari oldida uzr so‘rab, tegishli choralar qabul qilishga va'da berdi va Korellga boshqa yangi ketchup berdi.