Jahon | 08:49 / 23.06.2015
2363
1 daqiqa o‘qiladi

NATO tezkor harakatlanuvchi qo‘shinlari sonini 30-40 ming kishiga yetkazadi

NATO alyansning tezkor qo‘shin kuchlarini 30-40 ming kishiga yetkaziladi. Alyans bosh kotibi Yyens Stoltenbergning ma'lum qilishicha, bu bo‘yicha tegishli qaror NATOga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari ishtikoridagi yig‘ilishda qabul qilinishi kutilmoqda.

«Bu avvalgi miqdordan ikki marta ko‘proq bo‘ladi. Fevral oyida quruqlikdagi qism bitta brigadadan tashkil etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingandi. Navbatdagi uchrashuvimizda biz "nayza uchi" tarkibidagi havo, dengiz va maxsus kuchlar qismini tasdiqlaymiz», - deydi Yyens Stoltenberg.

Uning aytishicha, NATO Sharqiy Yevropada alyansning tezkor javob ko‘rsatish kuchlarining 6ta shtabini tashkil qiladi.

Ma'lumot uchun, NATO tarkibidagi davlatlarning Mudofaa vazirlari 24 iyun kuni Bryusselda yig‘ilishadi.


Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish