Jahon | 11:59 / 23.06.2015
1507
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev kuzda Meksikaga boradi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev shu yilning kuzida Meksikaga rasmiy tashrif uyushtirishi mumkin. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi axborot berdi.

Aytilishicha, tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov Meksika parlamenti senati qo‘mitasi raisi Gabriela Kueva bilan urchshau o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari, shuningdek, dolzarb xalqaro siyosiy masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, suhbat asnosida kuzda Nazarboyevning Meksikaga tashrif buyurishi mumkinligi aytib o‘tildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish