Jahon | 14:00 / 23.06.2015
2315
1 daqiqa o‘qiladi

Pekindagi paradga birinchi marta chet el qo‘shinlari jalb qilinadi

Xitoy bosh shtabi bergan ma'lumotga qaraganda, 3 sentabr kuni Yaponiya militarizmi va Germaniya millatchiligi ustidan qozonilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan paradga birinchi marta chet el qo‘shinlari jalb qilinadi. Parad poytaxtdagi Tyananmen maydonida o‘tkaziladi.

Ma'lum qilinishicha, tadbirga mehmon sifatida Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklif qilinishi mumkin. Bundan tashqari, paradda XXR raisi Si Tszinpin chiqish qiladi.
Parad 1949 yilda XXR tashkil topgandan buyon 14 marta o‘tkaziladi. Lekin shu paytgacha paradlar faqat davlatning tashkil topishi munosabati bilan o‘tkazib kelindi. 1960 yilda qabul qilingan qarorga muvofiq, paradlar har 10 yilda bir marotaba o‘tkaziladi.
Oxirgi parad 2009 yilda o‘tkazilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish