O‘zbekiston | 11:07 / 23.06.2015
1480
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha parlamenti delgatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Joriy yilning oxirida Seym spikeri o‘rinbosari Eji Vinderlix boshchiligida Polsha parlamenti delgatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Tashrif chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senatida uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Jahon” axborot agentligi muxbiri tashrif oldidan Polsha parlamenti deputati Yatsek Chernyak bilan suhbatlashdi

“Joriy yilning oxirida O‘zbekistonga uyushtirilajak tashrifga katta tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Toshkentda o‘tkaziladigan uchrashuvlar ochiq, do‘stona va o‘zaro xayrihohlik ruhida o‘tishiga umid qilaman. 

“Suhbat chog‘ida parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga to‘xtalib o‘tish niyatidamiz. Shuningdek, o‘zbek-polyak parlamentlararo guruhini tashkil qilish ham rejalashtirilgan.

Tashrif chog‘ida orttiriladigan tajriba ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanishida ulkan samara beradi deb o‘ylayman. 

O‘zbekistonda mehmondo‘st va samimiy xalq istiqomat qiladi. Mamlakatingizning boy tarixiy-madaniy merosi hamda mazali milliy taomlari hech bir mehmonni bee'tibor qoldirmaydi. Shu sababli O‘zbekistonga uyushtiriladigan tashrifimiz samarali bo‘lish bilan birga unutilmas iliq taassurotlar qoldirishiga aminman. 

Fursatdan foydalanib, o‘zbek xalqiga farovonlik va muvaffaqqiyatlar tilab qolaman”, deydi Yatsek.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish