Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramos: «Mening otam “Yunayted”ga muxlislik qiladi»
“Manchester Yunayted” Serxio Ramosni David De Xeaning “Real”ga o‘tishi bitimiga kiritishi mumkinligi haqidagi xabar paydo bo‘lgandan keyin jurnalistlar 29 yoshli Ramosning otasi “Manchester Yunayted”ga muxlislik qilishi haqidagi uning aytgan so‘zlarini yodga olishdi.
2013 yilda “Manchester Yunayted” bilan uchrashuv oldidan Ramos The Sunday Times nashriga bergan intervyusida quyidagilarni aytgan.
“Mening otam avval ko‘p futbol ko‘rgan va men bola bo‘lganimda “Bugun bu jamoa bilan bu jamoa o‘ynaydi, sen mana bu yoki u o‘yinchiga e'tibor berishing kerak” deb aytardi.
Otam qaysi klubga muxlislik qiladi? “Manchester Yunayted”ga. Umuman olganda, mening oilamda “Sevilya”ga muxlislik qilish odat bo‘lgan, biroq oilam “Yunayted”ga ham muxlislik qilishga moyilligi bo‘lgan.
Men aynan hozir ular bilan birga o‘ynashimizdan xursandman. Agar siz bu klubning tarixi va u yerda yondashiladigan falsafaga qarasangiz, klublarimiz bir-biriga o‘xshashligini ko‘rasiz. “Yunayted” Premer Ligada Ispaniyada “Real” kabi ahamiyatga ega. Bu ikki klub o‘z o‘yinchilariga yetkazmoqchi bo‘lgan ideallar bir-biriga juda o‘xshash”, deb aytgan edi Ramos.