Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda yuqori tezlikdagi internet ishga tushiriladi
Turkmaniston aloqa vazirligi mamlakatda yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini ishga tushirish borasida ish olib bormoqda. Bu haqda Turkmenistan telekanali efirida aytildi.
Ma'lum qilinishicha, 19 iyun kuni bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida transport va aloqa sohasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha hisoboti bilan mahkama raisi o‘rinbosari S. Satliqov chiqish qildi. U, xususan, chiqishi chog‘ida aloqa vazirligi tomonidan yuqori tezlikdagi internet tarmog‘ini mamlakatga olib kirish borasida amalga oshirayotgan ishlari haqida axborot ham berib o‘tdi.
Internetni yanada rivojlantirish bo‘yicha galdagi vazifalar “2012-2016 yillarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha Turkmaniston prezidenti dasturi”da aks etgani alohida ta'kidlab o‘tildi.