Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vitaliy Klichko Kiyev merligi uchun o‘tkaziladigan saylovlarda ishtirok etmoqchi
Ukraina poytaxti Kiyev shahrining hozirgi meri Vitaliy Klichko 2015 yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan Kiyev meri lavozimi uchun saylovlarda ishtirok etmoqchi, deb xabar bermoqda LB.ua portali.
“Ha, men kuzgi saylovlarda ishtirok etmoqchiman”, deb aytdi Klichko.
Bundan tashqari, Klichko saylovlar ikki bosqichda o‘tkazilganda ham o‘zining g‘alabasiga ishonchi komilligini ta'kidlamoqda. “Uchta tur bo‘lganda ham men yutaman”, deydi u.
Avvalroq Klichko yana bir marta “qovun” tushirib, Kiyev madhiyasini Ukraina madhiyasi bilan adashtirib yuborgani ma'lum qilingandi.