Jamiyat | 15:52 / 24.06.2015
3855
1 daqiqa o‘qiladi

Arnold Shvartseneggerning o‘g‘li katta kinodagi ilk rolini ijro etadi

Gollivudning mashhur aktyori Arnold Shvartseneggerning o‘g‘li Patrik o‘z faoliyatidagi ilk jiddiy rolini oldi. Bu haqda US Weekly haftaligi xabar bergan.

"21 yoshli Patrik yaponiyalik kinorejissyor Norixido Koizumining "Yarimtundagi quyosh" (Midnight Sun) nomli melodramasi (2006 yil) remeykida bosh rolni ijro etadi. Bu vaqtgacha u ikki marta epizodik rollarni ijro etgandi", deyiladi xabarda.

Ushbu kartina ikki yosh sevgisi haqida hikoya qilib, unda Patrikning qahramoni Charli va xasta qiz muhabbati tarixi jonlantiriladi. Filmda terisi quyosh nurlariga chidamsiz qiz rolini 18 yoshli amerikalik aktrisa Bella Torn ijro etadi. Kartinaga 33 yoshli Skot Spir rejissyorlik qiladi.

Suratga olish ishlari shu yilning sentabrida boshlanishi rejalashtirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish