Sport | 18:13 / 24.06.2015
1190
1 daqiqa o‘qiladi

Gyundogan “PSJ”ga o‘tishni va 12 mln yevrolik maoshni rad etdi

“PSJ” klubi Dortmundning “Borussii” yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan bilan muzokara o‘tkazdi.

Parij klubi 24 yoshli yarim himoyachiga yiliga 12 mln yevrolik maosh bilan shartnoma taklif qildi. Biroq Gyundogan Fransiya chempionatidan kuchliroq chempionatda to‘p surishni istayotgani bilan bu taklifga rad javobini berdi.

Gyundoganning “Borussiya” bilan shartnomasi 2016 yilda o‘z nihoyasiga yetadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish