Jamiyat | 12:09 / 24.06.2015
1483
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada MERS virusiga chalinganlar soni 179 kishiga yetdi

Janubiy Koreyada MERS virusiga yana 4 kishi chalindi. Bu haqda Janubiya Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligi hisobotida xabar berilgan.

Ayni vaqtda virusga chalinganlar 179 kishini tashkil etmoqda.

O‘z navbatida ikki kundan buyon xastalik tufayli o‘lish holati qayd etilmagan.

Karantin hududida saqlanayotganlar soni esa 2,8 ming kishidan 3,1 ming kishiga yetgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish