Sport | 12:29 / 24.06.2015
2888
1 daqiqa o‘qiladi

Maradona: JCh-1990 finali oldidan Grondona menga taslim bo‘laverish kerakligini aytgandi

Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Diyego Maradona Germaniyaga qarshi kechgan JCh-1990 finali haqida gapirib o‘tdi

"Final oldidan men Argentina futbol federatsiyasi prezidenti Xulio Grondona bilan ko‘rishdim. U menga "Finalgacha yetib keldik, bo‘ladi. Endi o‘yinni berishimiz kerak" dedi. 

Men unga biz o‘yinni bermasligimiz, yelkamdagi og‘riq bo‘lishiga qaramasdan bor kuchim bilan o‘ynamoqchiligim, u esa men maydonda nima qilishimga ko‘rsatma bera olmasligini aytdim. 

O‘yinga bor kuchim bilan kirishdim, ammo hakam Kodesal Mendes faqat nemislar tarafini olib, hushtak chalaverdi", - deydi Maradona.

Eslatib o‘tamiz, 1986 yilgi mundial g‘oliblari 1990 yilda Germaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish