Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi jamoat transporti bekatlarida Wi-Fi o‘rnatiladi
Rossiya poytaxti Moskva shahridagi jamoat transporti bekatlarida simsiz Wi-Fi tarmoqlari paydo bo‘ladi. Bu haqda shahar merining o‘rinbosari Maksim Liksutovga asoslanib, TASS xabar bergan.
"Biz yo‘lovchilarimiz kutayotgan xizmatni ishga tushiramiz. Endi ular butun yo‘l bo‘yi internetdan uzilmasdan ketishlari mumkin bo‘ladi. Navbatdagi maqsadimiz jamoat transportlaridagi Wi-Fi tizimini rivojlantirish hisoblanadi", deydi Liksutov.
Uning qayd etishicha, shu yilning oxirigacha shahardagi 450ta bekatda o‘rnatiladi.
Bunday nuqtalarda bir vaqtning o‘zida 50 kishi tekin internetdan foydalanishi mumkin bo‘ladi.