Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO: AQShning og‘ir qurollari Yevropada mashg‘ulotlar uchun joylashtirilmoqda
AQShning og‘ir qurollari, jumladan, tank va artilleriyalari Yevropa davlatlari hududida mashg‘ulotlar o‘tkazish maqsadida joylashtirilmoqda. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyans mudofaa vazirlari yig‘ilishi chog‘ida ma'lum qildi.
Ilgariroq ayrim Sharqiy va Markaziy Yevropa davlatlari hududida tanklar, artilleriya va zirhli mashinalar joylashtirilishi ma'lum qilingan edi.
Stoltenbergning ta'kidlashicha, NATOning Rossiya bilan qurollanish poygasi o‘ynash niyati yo‘q.
“NATO Rossiya bilan qurollanish poygasi o‘ynab o‘tirmaydi. NATO – mudofaa alyansi, u nima qilsa ham, mudofaa maqsadida qiladi, u Sharqdan va Janubdan bo‘ladigan tahdidlarga javob berishga tayyor”, – uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
Stoltenberg NATO Rossiya bilan muloqot o‘rnatishga harakat qilayotganini va harbiy mashg‘ulotlar bunga to‘sqinlik qilmasligini ma'lum qildi.