Jahon | 06:54 / 24.06.2015
2505
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada terrorchi qiz hujumi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyaning Yobe shtati ma'muriy markazi Damaturu shahridan janubda joylashgan qishloqda terrorchi-xudkush qiz o‘zini portlatishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Agence France Presse axborot agentligi.

Shuningdek, 20 kishi jarohat olgan. Agentlikning ta'kidlashicha, terrorchi qiz 12 yoshlar atrofida bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish