Jahon | 13:50 / 24.06.2015
2384
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda Rossiya Harbiy-havo kuchlari aksilterror maqsadli mashg‘ulot o‘tkazishni boshladi

Qirg‘izistonda Rossiya aviatsiiyasining razvedkachi va hujunkor samolyotlari harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi. Bu haqda armiya polkovnigi Yaroslav Roshchupkinga asoslangan holda RIA Novosti xabar bergan.

Qayd etilishicha, mashg‘ulot davomida Qirg‘izistonning tog‘li poligonida sun'iy barpo qilingan jangarilar harbiy bazasini yo‘q qilish amaliyoti sinovdan o‘tkaziladi.

"Mashg‘ulotlarda "Orlan" hamda "Forpost" nomli dronlar, Mi-8 MTV vertolyotlari Issiq-ko‘l yaqinidagi "Edelveys" nomli tog‘li poligonda nishonlarni yo‘q qilish amaliyotlarini bajarishadi", deb ma'lumot beradi Roshchupkin.

Bundan tashqari, Su-25CM samolyotlarining harakatlanish holatlari va qurollardan foydalanish amallari sinab ko‘rilishi aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish