Sport | 11:08 / 24.06.2015
2597
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston terma jamoasi Ispaniya bilan tekinga o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Ispaniya milliy terma jamoasi 2016 yilda Qozog‘iston termasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bu haqida Qozog‘iston futbol federatsiyasi bosh menejyeri Asqar Uranxayev matbuotga ma'lum qildi

Bu kelishuvga Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Prezident Kubogi finali vaqtida erishilgan. Uchrashuvning aniq sanasi keyinroq ma'lum qilinishi aytilgan.

"Bu kelishuvning o‘ziga xos jihati shundaki, biz Ispaniya bilan mutlaqo bepulga o‘ynaymiz. Yaxshi bilasiz, bunday darajadagi termalar o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun kamida 3 million yevro pul so‘rashadi. 

Bundan tashqari, biz mahalliy futbolchilarni Ispaniyaga malaka oshirishga yuboramiz. U yerda yosh futbolchilar mashg‘ulotlarda qatnashadi, ta'lim olishadi va haqiqiy futbolni o‘rganib qaytishadi", - deydi Uranxayev.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish