Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:34 / 24.06.2015
3142
1 daqiqa o‘qiladi
Terrorchi guruhlar tarkibiga qo‘shilgan tojikistonliklar fuqarolikdan mahrum qilinadi
Chet eldagi terrorchi va ekstremistik guruhlar tarkibida harbiy harakatlar va to‘qnashuvlarda ishtirok etayotgan tojikistonliklar fuqarolikdan mahrum qilinadi. Bu boradagi qonun loyihasi mamlakat parlamentariylari tomonidan ma'qullandi.
Fuqarolik to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonun loyihasi hukumat tomonidan taklif qilingan. Bu haqda mamlakat ombudsmeni Zarif Alizoda axborot berdi.
Fuqarolik to‘g‘risidagi qonun 1995 yili qabul qilingan edi.