Jahon | 17:51 / 25.06.2015
1386
1 daqiqa o‘qiladi

Boeing 747 samolyotlarini ishlab chiqarishni qisqartiradi

AQShning Boeing aviasozlik konserni yirik gabaritli keng fyuzelyajli Boeing 747-8 samolyotlari ishlab chiqarishni 30 foizga qisqartiradi. 2016 yil martidan boshlab oyiga faqat bitta samolyot ishlab chiqariladi. Bu haqda Aviation Week nashri xabar bermoqda.
Bunday qaror qabul qilinishiga ushbu laynerga bo‘lgan talabning tushib ketishi turtki bo‘ldi. Boeing 747-8 buyurtmalar portfeli 32 samolyotgacha tushib ketdi.

Boeing 747-8 ishlab chiqarish hajmlari 2013 yildan qisqartirila boshlangan edi. O‘shanda oyiga 2ta samolyotdan 1.75taga tushirilgan edi. O‘sha yilning oktabrida bu ko‘rsatkich 1.5taga tushirildi. Nihoyat, 2014 yil dekabrida 1.3 dona samolyot ishlab chiqariladigan bo‘ldi.
Ilgariroq Le Burjdagi aviasalonda konsern Rossiyaning “Volga-Dnepr” yuk tashuvchi kompaniyasi bilan 20ta Boeing 747-8 samolyotlariga shartnoma imzolanganini ma'lum qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish