Sport | 17:44 / 25.06.2015
1025
1 daqiqa o‘qiladi

Deulofeu «Barselona»dan 5 mln funt evaziga «Everton»ga o‘tadi

Ispaniyaning «Barselona» klubi 21 yoshli yarimhimoyachisi Jyerar Delofeu «Everton» a'zosi bo‘lishga yaqin turibdi. Bu futbolchi uchun inglizlar jamoasi 5 mln funt berishga rozi bo‘lishgan.

Xabar qilinishicha, Delofeu «Everton»ga o‘tish uchun boshqa ko‘plab yaxshi takliflarni rad etgan.

Ma'lumot uchun, bu yosh futbolchi 2013-2014 yillar mavsumini aynan shu jamoada ijara asosida o‘tkazgan va o‘shanda ham «Everton»ga jamoaning ayni vaqtdagi murabbiyi Roberto Martines boshchilik qilardi.

U bilan tuzilgan shaxsiy shartnomada «Barselona» kelgusida bu futbolchini qayta sotib olishi huquqiga ega ekani haqida band ham mavjud.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish