Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IKEA Buyuk Britaniyada do‘kon-studiyalar ochmoqda
Shvetsiyaning mebellar sotuvchi IKEA kompaniyasi Buyuk Britaniyada ko‘p miqdorda xaridorlarni jalb qilish maqsadida kichik o‘lchamdagi do‘konlar (do‘kon-studiyalar) ochmoqda, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri.
Kompaniya kichik o‘lchamdagi do‘konlarni (1765 kv metr atrofida) birinchi navbatda joriy yilda Londondan 160 km uzoqlikda joylashgan Norij shahrida ochmoqchi.
“Mijozlarning fikricha, Buyuk Britaniyada 18ta do‘konimiz bo‘lishiga qaramasdan, biz hali ham ulardan ancha uzoqda joylashganmiz”, deb aytmoqda IKEA ning Buyuk Britaniyadagi boshqarmasi vakili Jillian Dreykford.
Dreykfordning aytishicha, ba'zi mijozlar do‘konlarga yetib kelish uchun yo‘lga 4 soatlab vaqt sarflashlariga to‘g‘ri kelmoqda. Yangi do‘konlar “buyurtma ber va olib ket” formatida ishlaydi. Ayni paytda IKEA`ning bunday do‘konlari Ispaniyaning Pamplon, Norvegiyaning Troms va Finlyandiyaning Yuvyaskyuli shaharlarida ochilgan.