Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Rossiya tufayli yadroviy strategiyasini qayta ko‘rib chiqadi
NATO Rossiya bilan keskinlikning oshishi tufayli yadroviy strategiyasini qayta ko‘rib chiqadi, deb hisoblaydi The Guardian kolumnisti.
“Rossiya bemalol yadroviy kuchlarini ko‘paytirish haqida gapirayotgani barchani tashvishga solmoqda. Alyans ichida yadroviy masalada bahslar to‘xtamayapti, ammo jarayon sekin ketmoqda. Biz ehtiyot bo‘lishimiz kerak”, – dedi nashrga bergan intervyusida NATO diplomati.
Yadroviy muammo NATO davlatlari vazirlarining Bryusseldagi yig‘ilishida muhokama qilinadi. Ammo AQSh 2015 yil oxirida muhokamani yuqoriroq bosqichga ko‘tarib, alyans harbiy mashg‘ulotlarida yadroviy qurollarning o‘rnini oshirishga erishmoqchi.