Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Superkubogi uchun bahs "Zenit"ning uy o‘yingohida o‘tkaziladigan bo‘ldi
2015 yilgi Rossiya Superkubogi uchun o‘yinning o‘tkazilish vaqti va joyi o‘zgardi.
"Sport-Ekspress" nashrida yozilishicha, bu o‘yin "Ximki Arena"da emas, uchrashuv ishtirokchilaridan biri "Zenit"ning uy o‘yingohi hisoblanmish "Petrovskiy"da o‘tkaziladi.
Bu o‘yinda 12 iyul kuni "Zenit" 2015 yilda mamlakat kubogini yutgan "Lokomotiv"ga qarshi kuch sinashadi.
Ma'lumot uchun, Rossiya professional futbol ligasi (RPFL) Superkubok o‘yinini shu yilning dekabrida Qatar yoki BAAda o‘tkazishni rejalashtirgan, keyinroq "Ximki Arena" variantida to‘xtalgandi.