Jahon | 16:24 / 25.06.2015
1583
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashganlarning 66 foizi Putinni keyingi muddatga ham saylashlarini bildirishdi

Agar Rossiyada prezidentlik saylovlari kelayotgan yakshanba kuni o‘tkazilganida 66 foiz rossiyalik amaldagi prezident Vladimir Putin uchun ovoz bergan bo‘lishardi. Bu Levada-markaz o‘tkazgan so‘rov natijalaridan kelib chiqib tuzilgan ma'lumot, deya xabar bermoqda Interfaks axborot agentligi.

Qayd qilinishicha, 2014 yilning dekabr oyida bu ko‘rsatkich 55 foizlik darajani ko‘rsatgan. Aprelda esa – 49 foiz.

Xabarda yozilishicha, Rossiyaning 23 foiz aholisi 3 yildan keyin Putinning o‘rnini boshqa bir munosib nomzod egallashini istaydi. Shuningdek, 47 foiz rossiyaliklar Rossiya prezidentligi uchun muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishiga qarshiligini ta'kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Levada markazi o‘tkazgan so‘rovlar natijasiga ko‘ra, Rossiyaning aksar aholi Vladimir Putinning hozirgi faoliyatidan qoniqish hosil qilmoqda. Unda qayd etilishicha, Rossiyaning 89 foiz aholisiga Putinning hozirgi faoliyati ma'qul kelmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish