Sport | 12:17 / 25.06.2015
2431
1 daqiqa o‘qiladi

Samvel Babayan milliy terma bosh murabbiyi sifatida ish boshladi

Samvel Babayan O‘zbekiston terma jamoasining yangi murabbiylar shtab a'zolari bilan birinchi yig‘ilishni o‘tkazdi. 

O‘FF matbuot xizmati rahbari Sanjar Rizayevning o‘z tvitterida ma'lum qilishicha, Babayan bugun, 25 iyun kuni «Jar» stadionida Terma jamoalar markazi apparatini va O‘FF xodimlarini yig‘di. 

«Samvel Babayan kuchli rahbar, kuchli menedjyer. Kuchli murabbiy ekanligini o‘tgan yili ikki karra isbotladi. Intizomni birinchi o‘ringa qo‘yadi», - deydi Sanjar Rizayev.

Yig‘ilishda qanday masalalar ko‘rilgani haqida hozircha xabar berilgani yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish