Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya boshnoqlarning sobiq komandiri Nosir Orichni Bosniyaga ekstraditsiya qiladi
Shveytsariya hukumati Bosniya musulmonlari guruhining sobiq komandiri Nosir Orichni o‘z yurtiga qaytarib yuborishga qaror qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
“Ishning Federal adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilishi jarayonida Nosir Orichning Bosniya va Gertsogovinaga ekstraditsiya qilinishi haqida qaror qabul qilindi”, – deyiladi tashkilot bayonotida.
Orich ikki hafta muqaddam Bosniya va Serbiyaning talabiga binoan hibsga olingan edi. U 1992-1995 yillardagi Bosniya urushida serblarni o‘ldirishda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda.