Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stiven Sigal qozog‘istonlik bolalarga aykidodan master-klass o‘tkazadi
AQShlik aktyor, yakkakurashning aykido yo‘nalishi ustasi Stiven Sigal Ostonada bolalar uchun aykidodan master-klass o‘tkazadi, deb xabar bermoqda Interfaks axborot agentligi.
Sigal Qozog‘iston poytaxtida Shahar kuni bayrami doirasida bo‘lib o‘tadigan Jang san'ati Xalqaro festivaliga taklif qilindi. Aykido bo‘yicha yettinchi dan sohibi Sigal tantanalarda faxrli mehmon sifatida qatnashadi.
Sigaldan tashqari Ostona tarixida birinchi marta o‘tkazilayotgan bu festivalga tay boksi, jiu-jitsu, qo‘l jangi, budzinkan, kapoeyra, kendo, teykvondo va karate kabi yakkakurashning 12ta yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi ustalar ham taklif etilgan. Festival doirasida Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Chexiya, AQSh va Rossiya sportchilari namunali janglar o‘tkazadilar.
Sigal avval ham Maykl Medsen va Mishel Rodriges kabi boshqa Gollivud aktyorlari bilan 2011 yilda Qozog‘istonga “Ostona” Xalqaro jangari filmlar kinofestivaliga kelgan edi.
Ma'lumot uchun, Sigal 7 yoshidan beri yakkakurash bilan shug‘ullanib keladi. 20 yilga yaqin Yaponiyada yashab, aykidodan saboq olgan va usta darajasiga yetgach, o‘zi ham saboq berishni boshlagan.
Sigal jangari filmlarda rollar ishtirok etgani bilan tanilgan. U 50dan ortiq filmlarda rol ijro etgan.