O‘zbekiston | 18:11 / 25.06.2015
5403
3 daqiqa o‘qiladi

Zangiotadagi axloq tuzatish koloniyasida giyohvandlik muammosiga qarshi tadbir o‘tkazildi

2015 yil 25 iyun kuni soat 11:00da Toshkent viloyati Zangiota tumani bolalar axloq tuzatish koloniyasida “Giyohvandlik va OITS – asr vabosi”mavzusida tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2124-sonli Qarori ijrosini ta'minlash hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol, aqlan yetuk, jismonan baquvvat etib tarbiyalash, iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi keng doiradagi tadbirlarini davom ettirib kelmoqda.

O‘zbekistonda nishonlanadigan barcha bayram tadbirlarida, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi ham faol ishtirok etib, o‘z xayriya tadbirlarni keng doirada o‘tkazib kelmoqda.

Jumladan, 26 iyun – “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlab ham fond bir qator madaniy-ma'rifiy hamda xayriya tadbirlarini o‘tkazdi. Rejaga muvofiq, fond joriy yilning 25 iyun kuni Toshkent viloyatidagi Zangiota bolalar axloq tuzatish koloniyasida teatr san'atkorlari ishtirokida sahnalashtirilgan ijodiy teatr tomoshasi tashkillashtirdi.

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad - yoshlar uchun giyohvand moddalarni iste'mol qilishning halokatli oqibatlarga olib kelishi, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini, ma'naviy va ma'rifiy darajasini yuksaltirish, o‘sib kelayotgan avlod dunyoqarashini shakllantirish, bahamjihatlikni oshirish, do‘stona munosabatlarni o‘rnatish, vatanga yanada sadoqatli, mehr-muhabbatli qilib tarbiyalash, tinchlikning qadriga yetish kabi insoniy fazilatlarni takomillashtirish hisoblanadi.

“Giyohvandlik va OITS – asr vabosi” mavzuidagi xayriya aksiyasida Respublika yosh tomoshabinlar teatri aktyorlari tomonidan giyohvandlikning salbiy oqibatlari va uning zararlarini ko‘rsatib beruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish