Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alyaskada ekskursiya uyushtiruvchi samolyot falokatga uchradi
AQShning Alyaska shtatiga sayohatlar uyushtiruvchi Holland America Line kompaniyasi shtat hududida aviafalokat yuz berganini ma'lum qildi. Bortida 8 nafar yo‘lovchi va uchuvchi bo‘lgan samolyot shtatning janubi-sharqiy qismida falokatga uchragan.
Ella ko‘li yaqinidagi 240 metrlik qoya ustida samolyot qoldiqlari aniqlangan.
Samolyotda Sietldan 20 iyun kuni chiqqan Westerdam kruiz kemasining yo‘lovchilari bo‘lgan. Voqea joyida AQSh sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati xodimlari va qutqaruvchilar ishlashmoqda.
Yo‘lovchilar va uchuvchining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.