Sport | 17:51 / 26.06.2015
2885
1 daqiqa o‘qiladi

Blatter: FIFA prezidentligidan iste'fo bermadim

FIFA prezidenti Yozef Blatter keyingi saylovlarda ushbu lavozim uchun kurashdan voz kechishni istamasligini bayon qildi.
“Men iste'foga chiqmadim, ammo navbatdagi ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida vakolatlarimni boshqa odamlarga taklif qilaman”, – uning so‘zlarini keltiradi Blick.
Eslatib o‘tamiz, 2 iyun kuni Blatter FIFAdagi korruptsion janjal tufayli iste'fo berishini ma'lum qilgan edi. Yangi saylovlar 16 dekabr kuni o‘tkazilishi aytilmoqda. Unga qadar 20 iyul kuni FIFA ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish