Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyadagi qo‘poruvchilikni uyushtirgan terrorchining shaxsi aniqlandi
Fransiya prezidenti Fransua Olland mamlakat janubi-sharqidagi kimyoviy zavodlardan birida qo‘poruvchilik harakatini uyushtirgan terrorchining shaxsi aniqlanganligini aytib o‘tdi. Bu haqda u voqea yuzasidan uyushtirilgan maxsus chiqish chog‘ida aytib o‘tdi.
Olland his-tuyg‘ular to‘lib-toshayotganini, ammo ularga erk bermay, harakat qilish kerakligiga alohida urg‘u berdi.
Eslatib o‘tamiz, Sen-Kentan-Falave shahridagi zavodga noma'lum shaxs hujum uyushtirib, benzin baklarini portlatib yubordi. Voqea joyida tanadan judo qilingan bosh topilgan. Bosh arabcha xatlar tushirilgan matoga o‘ralgan edi.