Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransua Olland terakt chog‘ida bir kishi halok bo‘lganini tasdiqladi
Fransiya prezidenti Fransua Olland Grenobldagi zavodga uyushtirilgan hujum chog‘ida bir kishi halok bo‘lganini tasdiqladi. Shuningdek, ikki kishi jarohat olgan.
Shuningdek, Olland ushbu voqeani terakt deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, Lion yaqinidagi Sen-Kentan-Falave shahridagi zavodga noma'lum shaxs hujum uyushtirib, benzin baklarini portlatib yubordi. Voqea joyida tanadan judo qilingan bosh topilgan. Bosh arabcha xatlar tushirilgan matoga o‘ralgan edi.
Olland YeIning Bryusseldagi sammitini tark etib, Fransiyaga yetib keldi va voqea yuzasidan favqulodda bayonot berdi.
Bundan tashqari, qo‘poruvchilikni uyushtirgan terrorchi qo‘lga olindi, uning shaxsi aniqlandi. Uning sherigi deb gumon qilingan bir jinoyatchi maxsus operatsiya chog‘ida o‘ldirildi.