Jahon | 10:51 / 26.06.2015
2562
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada MERS virusi qurbonlari soni 31 nafarga yetdi

Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligi MERS virusidan o‘lim bilan yakunlangan yana ikki holat qayd etilganini ma'lum qildi.

Natijada, virus epidemiyasi oqibatida halok bo‘lganlar soni 31 nafarga yetdi.

Vazirlik, shuningdek, virusdan kasallanganlar soni 181 nafarga yetganini ma'lum qilgan.

Ayni vaqtda karantinda saqlanayotganlar 2900 nafardan ortiqni tashkil qiladi.

25 iyun kuni Janubiy Koreya hukumati yuzaga kelgan vaziyat tufayli mamlakat iqtisodiga yetayotgan zararlarni bartaraf qilish uchun 13,5 mlrd dollar miqdoridagi iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirishi haqida xabar qilingan.

Qayd etish joizki, xastalik tufayli mamlakatga xorijliklarning tashrif buyurishi keskin kamaygan, mehmonxonalar, restoranlar, transport va shou-biznes sohasi katta zararlar ko‘rishda davom etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish